суббота, 5 марта 2016 г.

Bugungi titroq alami so'z qotdi
Qalbim hotirjamligi qil uchida qalqimoqda... Beorom vujudim titroqdan bedor.
    TAX-X-X-X! Etgudik qo'rqinchli bir kuch, qadamim yetgudek joyda men tomon qarar ekan, yutgan har bir qultumim zamin ko'kragidan otilgan vulqon xaroratidek qaynoq.
Yagona umidim visol, taftingizda shamday erish, buvijon... Kenjavoyingiz sizni juda-juda sog'ingan. Har bir kunim sizni nasihatlaringizdan qongan daraxtdek barq urmoqda. Meni kuting buvijon...
   Omonatni menga asrang. Samolardan eltguvchilar uyida gul bilan kutib olaman deganingizni yodimdan chiqarganim yo'q! Yana oz fursat qoldi.
   Axir... Axir farzandlarim tug'ilganda, badanlarin tuproq changi bilan artguvchi siz, siz qizalog'im qulog'ini teshguvchi, o'g'il chevarangizni ko'chalardan topib kelguvchi siz-ku, siz, siz, siz!
Bo'ldi, bo'ldi mana bo'yinbog'im, mana oq ko'ynagimni siz aytganingizdek dazmolladim. To'ng'ichingiz qanday bo'lsa, huddi shunday bo'lyapman. Barcha aytganlaringizni qilyapman, och yurma deyaverasiz. Aslo och yurgani yo'q, issiq kiyinib yuribman. Aytganlaringizni so'zzsiz bajaryapman.
Mehribonim, farishta siymo buvijonimga nomamdan parcha


Комментариев нет:

Отправить комментарий