Har bir yosh o'zining yutuqlari bilan Vatanini sha'nini yuksalishiga xissasin qo'shishi shart va majbur!
пятница, 9 января 2015 г.
Odam chumoli emas!
Tanxo qolgan chumolini qadam izlari to'zg'in. Yolg'izlik tirik mavjudod imtixosidan darak beradi gohida. O'tgan vaqt mobaynida qilgan ishlarimmizni sarxisobi bosgan qadammimizga teng. Bu xayot formulasi, hayot xisob kitob nazariyasi isbotidir.Dunyo atalmish sirli xilqat soyasida imtixoga qarab odimlar ekanmiz barcha xarakatlarimmiz ko'kdagi xavo kemasi qoldirgan iz kabi bizni taqib qilib boradi. Bundan xulosa qilib, yashash turmush tarzimizni namunali rejalashtirishimmiz, baxtli hayot kechirishimmiz lozim!
Qani aytingchi, o'tgan vaqt mobaynida qanday yaxshi amallar qildingiz? Kimni ko'ngini topdingiz, kimga xursandchilik ulashdingiz? Biror foydalik bilim o'rgandingizmi?
Javoblar doimgidek xar hil...
Mavzu dolzarbligini xisobga olib yuqorida yolg'izlik haqida bejiz soz ochmadik.
Xar birimmiz dunyoga yolg'iz kelganimmiz kabi ruhimmiz ham yolg'iz umr guzaronlik qiladi. Lekin, hayot tajribasi shuni ko'rsatadiki - buyuk kashfiyotchi yaratgan mo'jiza odam va odam avlodlari yolg'izligi ruhiy qulash jarayonini tezlashtiradi.
Bugungi kun yoshlariga havas qilsa arziydi. Bolalik chog'idan ilm marralarini zabt etib kelajagiga poydevor yaratmoqda, ulg'aymoqda, oila qurib eng katta ma'suliyat bo'lmish komil inson tarbiyasi, farzand tarbiyasi bilan band.
O'tgan yillar sarxisobiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi FHDYo bo'limlarida xisobga olingan nikohlar soni qariyb 300 mingdan oshgani va bu raqamlar o'sish tizimida barqaror ekanligi barchamizni xursand qilib, milliy qadriyatlarimmizni davom ettiradigan yoshlar ko'payayotganidan darak beradi.
Lekin, ba'zi bir sabablarga ko'ra ro'yxatdan chiqarilgan 24 ming nikox qaydlari barchamizni o'ylantirishi aniq. Taraqqiy etib borayotgan Vatanimmiz yoshlariga qilinayotgan e'tibor, ularni sog'lom turmush tarzi tamoyillari ostida tarbiya qilish, o'z vaqtida tezkor tibbiy xizmat ko'rsatish va ulg'ayish yoshidagi o'spirinlarni ruhiy va jinsiy salomatligini yaxshilash maqsadida rejali sog'lomlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani baxtiyor millat taqdiri ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bunga yaqqol misol qilib shaharlarimmizda barpo etilib foydalanishga topshirilayotgan tibbiyot ta'lim maskanlari, xizmat ko'rsatish bo'limlari, sport sog'lomlashtirish majmualarini olishimmiz mumkin. Xarakatlar doim o'z samarasini bergani kabi yuqorida ko'rsatilgan ajralishlar sonini kamaytirish xar birimmizning vazifamiz ekanligini unutmasligimmiz lozim. Buning uchun yoshlardan kuchli bilim, sog'lik o'z o'rnida xarakat talab qilinadi.
Xurmatli do'stlar shu buyuk yurt O'zbekiston atalmish jannatimmizni taraqqiy etishiga xar birimmizni xissamiz borligini his qilib, oilamiz mustaxkamligini saqlab, milliy mintalitetimmizni asrab avaylashimmiz, kelgusi avlod vakillarni ma'nan boy ruhan tetik, zexnli qilib tarbiyalashimmiz xar birimmizni burchimmizdir.
Sankt-Peterburg Davlat Transport Universiteti talabasi Abduaziz
(ПГУПС императора Александра I)
Подписаться на:
Комментарии (Atom)

