Bu kundan bir yaxshilik
Arzimni aytay bodi sabog'a,
Shoyad gapurgay ul gulqabog'a.
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy
Bugungi kunimdan bir yaxshilik qolishini istab savob ish qilish haqida o'yladim... O'yladim-u, umrimning yana bir yorug' kuni oxirlayotganini tushunib yuragim allanechuk bo'ldi.
Qiziq, erta tongdan qilgan amallarimni o'tirib sarxisob qilsam tim qora bo'shliq, xech qanday fayzli, foydali ish qilmabman. O'z-o'zimdan xafa bo'lib, o'zimni tanqid qilishga urundim.
Kulguli-ya? Yig'lash kerak aslida... Xa mayli ko'p chalg'itmayda yaxshilik haqida davom ettira qolay.
Qishning qisqagina zerikarlik, qaxraton kunlarini torgina uyimda o'tkazar ekanman birdan, do'stlarimni holidan xabar olishdek savob ish bilan yakunlashim mumkinligini anglab, darrov ko'pchiligim-mizni ovunchog'immizga aylanib qolgan muxtaram telefon janodblariga murojat qildim. Mittigina ko'p yillik mobil yordamchimdan internetdagi saytlar bilan xozirda mashg'ul bo'lgan do'stlarimni ko'rsatishini so'radim.
Bir zumda o'nlab yaqinlarimni ro'yxatini ko'rdim. Ular, maktab chog'larida birga bir maktabda taxsil olgan sinfdoshlarim, mahallammizdagi og'aynilarim, kollejdagi guruhdoshlarim, akam va yana ko'plab do'stlarim bo'lib, xozirda turli jabxalarda faoliyat yuritib kelishmoqda. Yaxshilik haqida ularni fikrlariga qiziqib savol bilan murojat qildim. Javoblar turli tuman bo'ldi. O'zingiz bir o'qib ko'ring:
- yaxshilik deganda men be'minnat, xolis Hudoni deb boshqa insonlarga yordam berishni tushunaman. Albatta, yordam oladigan insonni xatti xarakatlari, maqsadi iymonga to'g'ri kelsa
- Insonga yordam berish
- Добро - это бескорыстное и искреннее
- Bilmasam?!
- Добро, ну... что то доброе сделать, что то хорошее...)))
- yaxshilik bu o'zini ishi bo'lmagan narsaga aralashmaslik va birovni dilini og'ritmaslik xam yaxshilik men sizga aytsam...
- yaxshilik - bu tabassum. Yaxshilik - bu mehr. Mehrning qaynoq tafti bilan boshqalarni bahramand qilish yaxshilik. Yaxshi bo'lish juda oson. axshi bo'lish uchun biroz kamtar bo'lish kifoya. Lekin, bugungi zamonamizda birov kamtar bo'lishni hayoliga xam keltirmaydi. Kamtar bo'lishni hech kim hohlamaydi. Kamtar bo'lish qiyin xolos. Yaxshilik qilish oson.
Qiziq-qiziq javoblarni olib ko'nglim ko'tarildi bilasizmi nega?
Sababi, meni bugun bergan savolim ularni, ba'zilarini esidan chiqib ketgan "yashilik"dek ezgu hislatni yodlariga soldi. Ular savolga javob berish bilan birga ba'zi mavhum hislarni yodga olishdi, eslashdi. Ajab emas mendan keyin xam eslab-eslab yaxshi amallarni takrorlab bir-birlariga mehr ulashishsa, do'stlarini yo'qlab turishsa.
Meni bu kundan qolgan yaxshiligim do'stlarimga yaxshilik so'zini yodga olishlari bilan yakunlandi.
Darvoqe, sizlarni esdan chiqarib qo'yibman. Xurmatli meni xurmat qilib yozganlarimni qadrlab o'qiyotgan do'stim sizdan birgina o'tinchim bu qisqagina qumsoat qum zarralaridan kam bo'lgan umringiz davomida faqat yaxshiliklar qiling, baxt, mehr ulashing. Zero, bizdan faqat yaxshiliklarimmiz nur bo'lib qoladi.
Inson yo'llar solgan,
so'zlar to'qigan,
Xat ixtiro etgan, g'ildirak eshik,
Qalbiga muhabbat cho'g'in joylagan,
Kabellar o'tkazgan tog'larni teshib,
Shahar qurgan,
kuylar bastalagan,
O'ylab topgan sharop,
samalyot,
ko'prik,
She'r o'ylab topgan,
ko'cha,
kitob,
ont,
Ijod etgan davlat,
oila,
juftlik.
Biri - xaq deb,
biri - diydor deb,
biri - qanot deb,
Xavf xatarlarga ochgan bagrini...
Nazarimda inson,
yolg'izlikdan qo'rqib,
Bir - biriga muhtojlikdan
Asqad Muhtordan qilgan ba'rini.
