пятница, 2 января 2015 г.

Yetti kunlik muxabbat
                                                    Insonning oldida tursada mudom,
Muhabbatni inson darrov payqamas!
Sardor Mahkamov
       Kuz oylari edi o'shanda, xiyobonlarda sevishganlarni hayolini xazon bo'layotgan daraxt yaproqlarin shiviri buzib, allanechuk tuyg'ularni baxsh etar edi...
       Endigina 19 bahorini qarshi olgan qaxramonimmizning qalbini xali hech kim zabt eta olmagandi. Vaqtning sabri yo'q edi o'sha paytlari. Kunlar, oylar, yillar o'tgani sayin qizning orzu-o'ylarida ertaklardagi "shahzoda" timsoli gavdalanib borardi. 
       Qiz vasliga ne ne yigitlar umidvor, ammo uning qalbidagi  shaxzodani hech kimga qiyoslab bo'lmas edi. Bu hurkak kapalakning yuragida doim sokinlik,  ishq-muhabbat sinovlariga duch kelmagan bo'lsada, atrofidagilarnng nazdida u, sevgidan kuygan, qandaydir hayot zarbasidan yaralangan ohudek gavdalanardi go'yo. Aslida bu hurkak kapalak sevgi nimaligini bilmas, hayotning achchiq haqiqatin faqat ro'yo deb bilgan, ota-onasin gulshanida o'sgan bir g'uncha edi halos. 
       Quvlashmachoq o'ynab o'tayotgan kunlarning birida qiz eng yaqin dugunasini nikoh to'yiga boradi. O'zbek qizlarining ibosi, hayosi aks etgan liboslarni kiyib, o'ziga oro bergan qiz  hammani diqqatini tortadi, darrov. U yerdagi deyerli barcha yigitlar uni ko'nglini topish umidi ila qizga mahliyo bo'lib qolishdi.
       Va nihoyat qiz to'ydan qaytadi. Lekin, qizning hayollari bir zum unga tinchlik bermas edi. Orzulariga mutlaqo qarama-qarshi, surbetlarcha, sohtalik bilan xushomad qilgan yigit haqida o'ylay boshladi. Subxidamdan hayojon-la tongni qarshi olar ekan es-es tunda tushida gavdalangan yigitni eslardi.
    Birdan hayollarga ko'milib o'tirgan qizning telefoni jiringladi, notanish raqam. Do'stlarimdan biri bo'lsa kerak deb o'zini ishontira qo'ng'iroqni olib, qulog'iga tutdi:
 - Alo?! Alo?!
      Juda tanish, jarangdor... Biroz hayajon, jur'at va mehr nafasi ufuri sezilardi bu ovozlarda.
Xa, bu o'sha tunlarni bedor etgan kechagi xushomadgo'y yigit telefon qilar edi.
Yigit so'zlarini eshitar ekan, ota-onasini sha'nini o'yladi. Lekin, yurak muhabbatga muxtojligini tan olib do'stona munosabatlar bilan suxbatlasha boshlashdi. Tez-tez uchrashishga kelishib olishdi. Qalbalrida sevgi nish ura boshlayotgandi o'sha paytlari.
       Endi hurkakgina kapalak hayotga boshqacha nigoh bilan boqardi. Ammo, yuragidagi g'ashlik mudom uyg'oq, ba'zan vijdon yurak torlarini  turtkilashi dardsiz og'riqga aylanib ulgurgandi. 
       Oradan zim o'tmay qulochga sig'mas vaqt o'tdi. Bu orada qiz kelajak haqida biroz o'yga tolib, ota-onasi yuzini yerga qarata olmasligini  yigitga aytib, xayrlashdi. Shu kundan boshlab u sog'inch azobini torta boshladi. Erta tongdan keladigan maktublar endi uni bezovta qilmasdi.
Qiz ulkan orzularinini ko'mishga urinardi biroq, bu sof tuyg'ular mo'jiza kutayotgandek jim-jit, ovossiz. Lekin, bugun uni yana qaytib kelishini intizorlik bilan kuta boshladi. Tushlarini halovati yo'qligini tan olgandek. Yigitni qanchalik sog'insada bir bora qo'ng'iroq qilishga g'ururi yo'l bermasdi. U xar yerda, ko'chada, odamlar orasidan shahzodasini qidirardi. Bir oydan ko'p vaqt o'tdi, yigitdan hech qanday xabar yo'q. 
       Sog'inchli kunlarning birida qizning telfoni jiringladi. Dugonasi sog'inib qo'ng'iroq qilar edi. Bir-birini sog'ingan dugonalarning gurunggi qizning yuragidagi dardni bir zumga unutishiga sabab bo'ldi. Ikkovlon rossa suxbatlashishdi, g'iybatlashishdi. Gap orasida dugonasi yigit haqida so'z ochishga jazm etib, yigitning yaqin kunlarda to'yi bo'lgani haqida xabar berdi. Qo'qqisdan eshitganiga ishonmay qiz o'zini biroz yo'qotib qo'ydi. Bir zumda hislari sarobga aylanganini tushunib, jimgina ko'z yoshlariga tutundi. Endi qiz o'ylari tarqoq, nima bo'layotganini tushuna olmas, nimalarni orzu qilib qo'ygani haqida o'ylasa butun vujudini muzlik qoplar, titroq bosardi. Sevgisi darz ketgan g'uncha tun bo'yi yuzlarini yoshda yuvardi, erta tongda yigitga xabar yuborishga kuch yig'di. Birinchi bor sevgi tuzog'iga ilinganini, xijron azobida tunlarini tonglarga ulaganini alam bilan yozar ekan endi undan nafratlanishini qo'shib qo'ydi o'z maktubida. 
     Bu xabarni o'qib yigit sobiq do'stiga, bir muddat mehr ulashganiga va xozirgina nafrat atalmish qora xisdan qo'rqib qo'ng'iroq qilar, gaplashib olishlari kerakligini surardi qiz ko'ngli yumshab telefonga quloq tutdi. Lom-mim demay yigit gaplarin eshitdi. Yigit bu hurkak yurak ohu bilan oldinroq uchrashmaganini, o'sha to'ydagi birinchi uchrashuvdan bir necha kun oldin xozirgi turmush o'rtog'i bilan unashtirilganini tushuntirar, qiz tinmay ko'z yoshlarini daryo qilar edi.  Yigitning ovozini titroq egallagan, u avvalroq uchrashishmagani uchun goh o'zini goh taqdirni ayblardi. Qiz armonlari dengiziga g'arq bo'lib, yigit bilan so'nggi bor xayrlashdi.                  Qiz maktubida qanchadan-qancha alamli, nafratga to'lgan so'zlarni yozgan bo'lsada uni ich-ichidan sevardi, yigitga baxt tilar edi. Dard, xijron azoblarini, mag'lubiyat nimaligini sezgan bo'lsada u shu qisqa muddatda muhabbat deb atalmish buyuk tuygu qanday ekanini his etdi. 
     Balki u sevilmagandir ammo, sevish baxtiga muyassar bo'ldi. Afsus-ki, bu baxt unga atiga yetti kunga nasib etgandi. O'sha orzulari sarob bo'lgan kungi xabar yosh muhabbat asirasi sevgisini, orzularini jarlikka uloqtirdi. Shukur bo'lsinkim, bu kun boshqacha otdi! Go'yoki, yelkadagi yuk manzilga yetkazilgandek. Kunlar ketidan kunlar o'tar ekan qaxramonim haqiqiy hayot sinoviga duch kelganini tushundi, balki, bu taqdir hazilidir. Balki bu shunchaki sevgini oddiy ko'rinishidir...
                         Nozima
Namangan