вторник, 22 марта 2016 г.

    Oraz birla dil xusni seni boshqalar hayolida gavdalanadigan siyratingdir. 

    Ezgu niyyat  va halol nutq senga bo'lgan xurmat o'lchami bilan tengdir.

    Munosabat hisobida adashmaslik sharti qonun qoidalari seni boshqalar oldidagi dadilligingni baholaydi.

                                                                                                        Daler Rivatov   
                                                                                                       23.03.2016 SPB

среда, 16 марта 2016 г.

Yuragim tubiga yashirgan sirimni keragida topa olmay qiynaldim.
Qancha yillar o'tdi. Uni qidirmay ham qo'ydim.
Lekin, lekin bugun uni o'zi, quloq ko'rsatdi. Buni qarang-ki ulg'ayib qolibdi. Maysa mo'ylov oralabdi. Qoshlari qoralabdi. Ovozi bir'oz yo'g'onlashibdi. Bola kichikligida shirin deganlaridek endi u menga, bir tirmizak hayolligicha qoladi.
Daler Rivatov 16.03.2016
SPB


суббота, 5 марта 2016 г.

Bugungi titroq alami so'z qotdi
Qalbim hotirjamligi qil uchida qalqimoqda... Beorom vujudim titroqdan bedor.
    TAX-X-X-X! Etgudik qo'rqinchli bir kuch, qadamim yetgudek joyda men tomon qarar ekan, yutgan har bir qultumim zamin ko'kragidan otilgan vulqon xaroratidek qaynoq.
Yagona umidim visol, taftingizda shamday erish, buvijon... Kenjavoyingiz sizni juda-juda sog'ingan. Har bir kunim sizni nasihatlaringizdan qongan daraxtdek barq urmoqda. Meni kuting buvijon...
   Omonatni menga asrang. Samolardan eltguvchilar uyida gul bilan kutib olaman deganingizni yodimdan chiqarganim yo'q! Yana oz fursat qoldi.
   Axir... Axir farzandlarim tug'ilganda, badanlarin tuproq changi bilan artguvchi siz, siz qizalog'im qulog'ini teshguvchi, o'g'il chevarangizni ko'chalardan topib kelguvchi siz-ku, siz, siz, siz!
Bo'ldi, bo'ldi mana bo'yinbog'im, mana oq ko'ynagimni siz aytganingizdek dazmolladim. To'ng'ichingiz qanday bo'lsa, huddi shunday bo'lyapman. Barcha aytganlaringizni qilyapman, och yurma deyaverasiz. Aslo och yurgani yo'q, issiq kiyinib yuribman. Aytganlaringizni so'zzsiz bajaryapman.
Mehribonim, farishta siymo buvijonimga nomamdan parcha