четверг, 29 января 2015 г.

Sevgimi? Muhabbatmi?
Bu ko'z emas senga qaragan, nigoh dersan? Adashyapsan! Chashma dema, iltimos!? Nima deya qiziqayotganing haqida bilaman. Bu termulgan o'yching men! Seni o'ylagan, qiynagan, hatto ko'zlarim qarshisida qiyofang aks etmagan bo'lsada, senga ilinganim bor... Ol! Shu ko'zlar seniki. Toki, gunohga botmasadan halol yo'lga sol! Ol shu nigohim seniki... Ol, ol, ol!

пятница, 9 января 2015 г.

Menga oinani ro'baro'* qilmang. Aks xolda men tanamdan ayrilgayman. Durust tadbir bu sizning bergan tarbiyangizdir!
Daler Rivatovdan
*qarshumga qo'ymang, ko'rsatmang
Odam chumoli emas!
Tanxo qolgan chumolini qadam izlari to'zg'in. Yolg'izlik tirik mavjudod imtixosidan darak beradi gohida. O'tgan vaqt mobaynida qilgan ishlarimmizni sarxisobi bosgan qadammimizga teng. Bu xayot formulasi, hayot xisob kitob nazariyasi isbotidir.
  Dunyo atalmish sirli xilqat soyasida imtixoga qarab odimlar ekanmiz barcha xarakatlarimmiz ko'kdagi xavo kemasi qoldirgan iz kabi bizni taqib qilib boradi. Bundan xulosa qilib, yashash turmush tarzimizni namunali rejalashtirishimmiz, baxtli hayot kechirishimmiz lozim!
Qani aytingchi, o'tgan vaqt mobaynida qanday yaxshi amallar qildingiz? Kimni ko'ngini topdingiz, kimga xursandchilik ulashdingiz? Biror foydalik bilim o'rgandingizmi? 
Javoblar doimgidek xar hil...
  Mavzu  dolzarbligini xisobga olib yuqorida yolg'izlik haqida bejiz soz ochmadik. 
Xar birimmiz dunyoga yolg'iz kelganimmiz kabi ruhimmiz ham yolg'iz umr guzaronlik qiladi. Lekin, hayot tajribasi shuni ko'rsatadiki - buyuk kashfiyotchi yaratgan mo'jiza odam va odam avlodlari yolg'izligi ruhiy qulash jarayonini tezlashtiradi. 
Bugungi kun yoshlariga havas qilsa arziydi. Bolalik chog'idan ilm marralarini zabt etib kelajagiga poydevor yaratmoqda, ulg'aymoqda, oila qurib eng katta ma'suliyat bo'lmish komil inson tarbiyasi, farzand tarbiyasi bilan band. 
O'tgan yillar sarxisobiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi FHDYo bo'limlarida xisobga olingan nikohlar soni qariyb 300 mingdan oshgani va bu raqamlar o'sish tizimida barqaror ekanligi barchamizni xursand qilib, milliy qadriyatlarimmizni davom ettiradigan yoshlar ko'payayotganidan darak beradi. 
Lekin, ba'zi bir sabablarga ko'ra ro'yxatdan chiqarilgan 24 ming nikox qaydlari barchamizni o'ylantirishi aniq. Taraqqiy etib borayotgan Vatanimmiz yoshlariga qilinayotgan e'tibor, ularni sog'lom turmush tarzi tamoyillari ostida tarbiya qilish, o'z vaqtida tezkor tibbiy xizmat ko'rsatish va ulg'ayish yoshidagi o'spirinlarni ruhiy va jinsiy salomatligini yaxshilash maqsadida rejali sog'lomlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani baxtiyor millat taqdiri ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bunga yaqqol misol qilib shaharlarimmizda barpo etilib foydalanishga topshirilayotgan tibbiyot ta'lim maskanlari, xizmat ko'rsatish bo'limlari, sport sog'lomlashtirish majmualarini olishimmiz mumkin. Xarakatlar doim o'z samarasini bergani kabi yuqorida ko'rsatilgan ajralishlar sonini kamaytirish xar birimmizning vazifamiz ekanligini unutmasligimmiz lozim. Buning uchun yoshlardan kuchli bilim, sog'lik o'z o'rnida xarakat talab qilinadi. 
Xurmatli do'stlar shu buyuk yurt O'zbekiston atalmish jannatimmizni taraqqiy etishiga xar birimmizni xissamiz borligini his qilib, oilamiz mustaxkamligini saqlab, milliy mintalitetimmizni asrab avaylashimmiz, kelgusi avlod vakillarni ma'nan boy ruhan tetik, zexnli qilib tarbiyalashimmiz xar birimmizni burchimmizdir.


Sankt-Peterburg Davlat Transport Universiteti talabasi   Abduaziz 
(ПГУПС императора Александра I)

понедельник, 5 января 2015 г.

Bu kundan bir yaxshilik
Arzimni aytay bodi sabog'a,      
Shoyad gapurgay ul gulqabog'a.
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy
     Bugungi kunimdan bir yaxshilik qolishini istab savob ish qilish haqida o'yladim... O'yladim-u, umrimning yana bir yorug' kuni oxirlayotganini tushunib yuragim allanechuk bo'ldi.
     Qiziq, erta tongdan qilgan amallarimni o'tirib sarxisob qilsam tim qora bo'shliq, xech qanday fayzli, foydali ish qilmabman. O'z-o'zimdan xafa bo'lib, o'zimni tanqid qilishga urundim. 
     Kulguli-ya? Yig'lash kerak aslida... Xa mayli ko'p chalg'itmayda yaxshilik haqida davom ettira qolay.
Qishning qisqagina zerikarlik, qaxraton kunlarini torgina uyimda o'tkazar ekanman birdan, do'stlarimni holidan xabar olishdek savob ish bilan yakunlashim mumkinligini anglab, darrov ko'pchiligim-mizni ovunchog'immizga aylanib qolgan muxtaram telefon janodblariga murojat qildim. Mittigina ko'p yillik mobil yordamchimdan internetdagi saytlar bilan xozirda mashg'ul bo'lgan do'stlarimni ko'rsatishini so'radim.
Bir zumda o'nlab yaqinlarimni ro'yxatini ko'rdim. Ular, maktab chog'larida birga bir maktabda taxsil olgan sinfdoshlarim, mahallammizdagi og'aynilarim, kollejdagi guruhdoshlarim, akam va yana ko'plab do'stlarim bo'lib, xozirda turli jabxalarda faoliyat yuritib kelishmoqda. Yaxshilik haqida ularni fikrlariga qiziqib savol bilan murojat qildim. Javoblar turli tuman bo'ldi. O'zingiz bir o'qib ko'ring:

- yaxshilik deganda men be'minnat, xolis Hudoni deb boshqa insonlarga yordam berishni tushunaman. Albatta, yordam oladigan insonni xatti xarakatlari, maqsadi iymonga to'g'ri kelsa 

- Insonga yordam berish

- Добро - это бескорыстное и искреннее

- Bilmasam?!

- Добро, ну... что то доброе сделать, что то хорошее...)))

- yaxshilik bu o'zini ishi bo'lmagan narsaga aralashmaslik va birovni dilini og'ritmaslik xam yaxshilik men sizga aytsam...

- yaxshilik - bu tabassum. Yaxshilik - bu mehr. Mehrning qaynoq tafti bilan boshqalarni bahramand qilish yaxshilik. Yaxshi bo'lish juda oson. axshi bo'lish uchun biroz kamtar bo'lish kifoya. Lekin, bugungi zamonamizda birov kamtar bo'lishni hayoliga xam keltirmaydi. Kamtar bo'lishni hech kim hohlamaydi. Kamtar bo'lish qiyin xolos. Yaxshilik qilish oson.

     Qiziq-qiziq javoblarni olib ko'nglim ko'tarildi bilasizmi nega? 
Sababi, meni bugun bergan savolim ularni, ba'zilarini esidan chiqib ketgan "yashilik"dek ezgu hislatni yodlariga soldi. Ular savolga javob berish bilan birga ba'zi mavhum hislarni yodga olishdi, eslashdi. Ajab emas mendan keyin xam eslab-eslab yaxshi amallarni takrorlab bir-birlariga mehr ulashishsa, do'stlarini yo'qlab turishsa. 
     Meni bu kundan qolgan yaxshiligim do'stlarimga yaxshilik so'zini yodga olishlari bilan yakunlandi. 
     Darvoqe, sizlarni esdan chiqarib qo'yibman. Xurmatli meni xurmat qilib yozganlarimni qadrlab o'qiyotgan do'stim sizdan birgina o'tinchim bu qisqagina qumsoat qum zarralaridan kam bo'lgan umringiz davomida faqat yaxshiliklar qiling, baxt, mehr ulashing. Zero, bizdan faqat yaxshiliklarimmiz nur bo'lib qoladi. 


 Inson yo'llar solgan,                   
so'zlar to'qigan,                           
 Xat ixtiro etgan, g'ildirak eshik, 
       Qalbiga muhabbat cho'g'in joylagan,
     Kabellar o'tkazgan tog'larni teshib,
Shahar qurgan,                           
                           kuylar bastalagan,
O'ylab topgan sharop,               
                            samalyot,
                                                     ko'prik, 
She'r o'ylab topgan,                 
                    ko'cha,
                                           kitob, 
                                                            ont,
Ijod etgan davlat,                   
                  oila, 
                                    juftlik.
Biri - xaq deb,                       
                    biri - diydor deb,
                                                            biri - qanot deb,
       Xavf xatarlarga ochgan bagrini...
 Nazarimda inson,                  
                        yolg'izlikdan qo'rqib,
Bir - biriga muhtojlikdan      
Asqad Muhtordan                                   qilgan ba'rini.                 
  
   
 
                                                          Abduaziz  Alisher o'g'li     
                                          

воскресенье, 4 января 2015 г.

Erkin so'zlar
Assalomu aleykum do'stlar.
Men bugun o'z blogimda bir oz erkin so'zlarga o'rin berdim.
- "men"
- ojizlik
- axd
- bilimsizlik
- boylik
     Xar bir insonning o'zini anglash, o'zini tarbiya qilish va o'ziga erk berish jarayonini boshqaruvchi "men" tuyg'usi bo'ladi. Odam dunyo yuzini ko'ribdi-ki, bu hissiyotni ruhan his qiladi va umr bo'yi turli ko'ylarga soladi. Kimningdir o'zligi juda xam keng, yorug', umuminsoniy bo'lib, atrofidagilarga bu inson butkul zararsiz ochiq ko'ngil, sof tuyg'ularga yo'g'rilgan inson qiyofasida gavdalanadi. Afsus-ki, aks insonlar xam mavjud. Ularni xammamiz bilamiz, balkim o'zimmizni bundaylar orasida ekanligimmizni tan olarmiz. Lekin, bizdagi mavjud iymon va ixlos qalbimmizni nurga to'ldirishi, yuragimmizni do'stlarimmiz uchun pok qilishimmizda qanot bo'lishi mumkin.
     Xar birimmiz o'zimmizdagi "men" ni idrok etishimmiz va tadqiq etishga majbur ekanligimizni bilishimmiz lozimdir!

     Ojizlik - dunyoviy, diniy bilimsizlik va jismoniy kuchsizlik!

     Axd - rejaga munosib qat'iy qaror.

     Bilimsizlik - 9 yil maktabda o'qib, qolgan ta'lim bosqichlaridan o'tib odamlarga nisbatan ma'navitsizlik, hayotga nisbatan e'tiborsizlik qilgan insoniy virus.

     Boylik - moddiy  va ma'naviy barqarorlik.
     Kimki ma'naviy qudrat egasi bo'lsa u albatta boy inson bo'ladi!

Daler Rivatov









пятница, 2 января 2015 г.

Yetti kunlik muxabbat
                                                    Insonning oldida tursada mudom,
Muhabbatni inson darrov payqamas!
Sardor Mahkamov
       Kuz oylari edi o'shanda, xiyobonlarda sevishganlarni hayolini xazon bo'layotgan daraxt yaproqlarin shiviri buzib, allanechuk tuyg'ularni baxsh etar edi...
       Endigina 19 bahorini qarshi olgan qaxramonimmizning qalbini xali hech kim zabt eta olmagandi. Vaqtning sabri yo'q edi o'sha paytlari. Kunlar, oylar, yillar o'tgani sayin qizning orzu-o'ylarida ertaklardagi "shahzoda" timsoli gavdalanib borardi. 
       Qiz vasliga ne ne yigitlar umidvor, ammo uning qalbidagi  shaxzodani hech kimga qiyoslab bo'lmas edi. Bu hurkak kapalakning yuragida doim sokinlik,  ishq-muhabbat sinovlariga duch kelmagan bo'lsada, atrofidagilarnng nazdida u, sevgidan kuygan, qandaydir hayot zarbasidan yaralangan ohudek gavdalanardi go'yo. Aslida bu hurkak kapalak sevgi nimaligini bilmas, hayotning achchiq haqiqatin faqat ro'yo deb bilgan, ota-onasin gulshanida o'sgan bir g'uncha edi halos. 
       Quvlashmachoq o'ynab o'tayotgan kunlarning birida qiz eng yaqin dugunasini nikoh to'yiga boradi. O'zbek qizlarining ibosi, hayosi aks etgan liboslarni kiyib, o'ziga oro bergan qiz  hammani diqqatini tortadi, darrov. U yerdagi deyerli barcha yigitlar uni ko'nglini topish umidi ila qizga mahliyo bo'lib qolishdi.
       Va nihoyat qiz to'ydan qaytadi. Lekin, qizning hayollari bir zum unga tinchlik bermas edi. Orzulariga mutlaqo qarama-qarshi, surbetlarcha, sohtalik bilan xushomad qilgan yigit haqida o'ylay boshladi. Subxidamdan hayojon-la tongni qarshi olar ekan es-es tunda tushida gavdalangan yigitni eslardi.
    Birdan hayollarga ko'milib o'tirgan qizning telefoni jiringladi, notanish raqam. Do'stlarimdan biri bo'lsa kerak deb o'zini ishontira qo'ng'iroqni olib, qulog'iga tutdi:
 - Alo?! Alo?!
      Juda tanish, jarangdor... Biroz hayajon, jur'at va mehr nafasi ufuri sezilardi bu ovozlarda.
Xa, bu o'sha tunlarni bedor etgan kechagi xushomadgo'y yigit telefon qilar edi.
Yigit so'zlarini eshitar ekan, ota-onasini sha'nini o'yladi. Lekin, yurak muhabbatga muxtojligini tan olib do'stona munosabatlar bilan suxbatlasha boshlashdi. Tez-tez uchrashishga kelishib olishdi. Qalbalrida sevgi nish ura boshlayotgandi o'sha paytlari.
       Endi hurkakgina kapalak hayotga boshqacha nigoh bilan boqardi. Ammo, yuragidagi g'ashlik mudom uyg'oq, ba'zan vijdon yurak torlarini  turtkilashi dardsiz og'riqga aylanib ulgurgandi. 
       Oradan zim o'tmay qulochga sig'mas vaqt o'tdi. Bu orada qiz kelajak haqida biroz o'yga tolib, ota-onasi yuzini yerga qarata olmasligini  yigitga aytib, xayrlashdi. Shu kundan boshlab u sog'inch azobini torta boshladi. Erta tongdan keladigan maktublar endi uni bezovta qilmasdi.
Qiz ulkan orzularinini ko'mishga urinardi biroq, bu sof tuyg'ular mo'jiza kutayotgandek jim-jit, ovossiz. Lekin, bugun uni yana qaytib kelishini intizorlik bilan kuta boshladi. Tushlarini halovati yo'qligini tan olgandek. Yigitni qanchalik sog'insada bir bora qo'ng'iroq qilishga g'ururi yo'l bermasdi. U xar yerda, ko'chada, odamlar orasidan shahzodasini qidirardi. Bir oydan ko'p vaqt o'tdi, yigitdan hech qanday xabar yo'q. 
       Sog'inchli kunlarning birida qizning telfoni jiringladi. Dugonasi sog'inib qo'ng'iroq qilar edi. Bir-birini sog'ingan dugonalarning gurunggi qizning yuragidagi dardni bir zumga unutishiga sabab bo'ldi. Ikkovlon rossa suxbatlashishdi, g'iybatlashishdi. Gap orasida dugonasi yigit haqida so'z ochishga jazm etib, yigitning yaqin kunlarda to'yi bo'lgani haqida xabar berdi. Qo'qqisdan eshitganiga ishonmay qiz o'zini biroz yo'qotib qo'ydi. Bir zumda hislari sarobga aylanganini tushunib, jimgina ko'z yoshlariga tutundi. Endi qiz o'ylari tarqoq, nima bo'layotganini tushuna olmas, nimalarni orzu qilib qo'ygani haqida o'ylasa butun vujudini muzlik qoplar, titroq bosardi. Sevgisi darz ketgan g'uncha tun bo'yi yuzlarini yoshda yuvardi, erta tongda yigitga xabar yuborishga kuch yig'di. Birinchi bor sevgi tuzog'iga ilinganini, xijron azobida tunlarini tonglarga ulaganini alam bilan yozar ekan endi undan nafratlanishini qo'shib qo'ydi o'z maktubida. 
     Bu xabarni o'qib yigit sobiq do'stiga, bir muddat mehr ulashganiga va xozirgina nafrat atalmish qora xisdan qo'rqib qo'ng'iroq qilar, gaplashib olishlari kerakligini surardi qiz ko'ngli yumshab telefonga quloq tutdi. Lom-mim demay yigit gaplarin eshitdi. Yigit bu hurkak yurak ohu bilan oldinroq uchrashmaganini, o'sha to'ydagi birinchi uchrashuvdan bir necha kun oldin xozirgi turmush o'rtog'i bilan unashtirilganini tushuntirar, qiz tinmay ko'z yoshlarini daryo qilar edi.  Yigitning ovozini titroq egallagan, u avvalroq uchrashishmagani uchun goh o'zini goh taqdirni ayblardi. Qiz armonlari dengiziga g'arq bo'lib, yigit bilan so'nggi bor xayrlashdi.                  Qiz maktubida qanchadan-qancha alamli, nafratga to'lgan so'zlarni yozgan bo'lsada uni ich-ichidan sevardi, yigitga baxt tilar edi. Dard, xijron azoblarini, mag'lubiyat nimaligini sezgan bo'lsada u shu qisqa muddatda muhabbat deb atalmish buyuk tuygu qanday ekanini his etdi. 
     Balki u sevilmagandir ammo, sevish baxtiga muyassar bo'ldi. Afsus-ki, bu baxt unga atiga yetti kunga nasib etgandi. O'sha orzulari sarob bo'lgan kungi xabar yosh muhabbat asirasi sevgisini, orzularini jarlikka uloqtirdi. Shukur bo'lsinkim, bu kun boshqacha otdi! Go'yoki, yelkadagi yuk manzilga yetkazilgandek. Kunlar ketidan kunlar o'tar ekan qaxramonim haqiqiy hayot sinoviga duch kelganini tushundi, balki, bu taqdir hazilidir. Balki bu shunchaki sevgini oddiy ko'rinishidir...
                         Nozima
Namangan

четверг, 1 января 2015 г.

Namangan

     O'zbekistonning gullarga to'lgan bog'i, viloyatim poytaxti Namangan haqida gapirmoqchiman. Mening shahrim yurtimmizni eng chiroylik va so'lim shaharlaridan biri hisoblanadi. Tarixda buyuk insonlarga Vatan bo'lgan shahrim Mullo Bozor Ohund domlani, Boborahim Mashrabni, Nodim Namangoniy, Mavlon buva, xo'ja Aminlarni va ko'plab ilm-fan, din arboblarini o'z bag'rida saqlab kelmoqda. 

     Axoli jixatidan zichligi sababli yo'llari serqatnov, gavjum. Shahar "Gullar shahri" deb xam atalib, ko'rkamligi, baraka markazi bo'lmish Chorsu bozori bilan, sihatgohlari bilan mashhur. Shahrim inshoatlari, ko'chalari, bozorlari mana necha yildan beri ming hil tusga kirdi, qurildi, qurilmoqda... Masjidlardan eshitilib turadigan azon ovozi yurt tinchligi, odamlarni to'g'ri yo'ldan ketayotganliklarini, bobolarimmizni choyxonada qax-qax otib kulishlari-yu, buvijonlarimizni g'amxo'rliklari, duodagi ovozlarin jarangi, yoshlarni erishayotgan yutuqlari, mardliklari qon-qonimmizda milliy ruhni zamonaviy qilib aytganda milliy mintalitetni davom etayotganligini bildiradi. 

Ochig'ini aytsam shahrimni sog'indim. Soylarimmizda cho'milishni, oshnalar bilan salom aliklarimmizni, yoshlarimmiz bilan "Yoshlar markazi"dagi uchrashuvlarimmizni, qarindoshlar diydori-yu, qizchalarimmizni gul yuzlarini sog'indim. 

                                                            Daler Rivatov

Yaratgan bandalarini o'zining mezon tarozisi bilan o'lchab, barchasiga, bir-biriga o'xshamas faxm farosat, aql, umr va taqdir in'om qiladi-ki, bandalari hayot atalmish saxnada o'zlariga ziyon zaxmat yetkazmay, tartibu-xurmat ila bir-birlarini sevib, ardoqlab, tanqid va idrokiy tahlil qilib do'stlashishlari va shu bilan birga turmush atalmish o'tkir qirra hayot balandligida totuv umr guzaronlik qilishlari uchun qalblariga mehr, insoniylik, raxm shavqat atalmish ilohiy ruhni joy etgan. 
       Darxaqiqat, bugun bormiz ertaga yo'q. Kecha tunda osmonda kuzatganimmiz yonayotgan xarakatdagi yulduz bu tungi samo bag'rida endi yal-yal yonmaydi. Endi jilolanmaydi. Tarbiya pillapoyalarida o'yinqaroq bo'lgan bolakay taqdirini ayrim laxzasi qamoq saxnida she'r bitish bilan o'tishini bilganda edi, sezgir, xushyor bo'lgan bo'lar edi ta'lim onida... 
Xa o'sha ma'ruza matnini ongiga muhrlashi kerakligini tush ko'ribdimi?
       Siz me'morsiz, siz adib, siz dexqonsiz, siz mushfiq, sizning kasbingiz shifokorlik, siz esa ustozsiz, siz duradgorsiz lekin, biling, baringiz insonsiz. Ayolmi-erkak do'stlaringizni qadrlang, xurmat qiling ze'ro, barchammiz bir oila farzandimiz. O'sha Odam ato va Momo havo avlodlari!!!
                                                   
 Daler Rivatov     26.12.2014

Xayollar meni o'ziga asir qilib bo'ldi... Ong uzoqdagi yorug'likka muxtoj. Ko'zlarim bir-birin xolidan xabar olib turibdi gox-goxida, xoxlamasa xam. Bular bolaligim o'tgan maxallam  temir yo'li shovqinin eslatmoqda. Qani o'sha, kaltak qalmog'im, qani bahorda uchirgan laylaklarim, yorilgan bo'lsa xam topib bering eski koptogimni...      
 Daler Rivatov 05.02.2014

Assalomu aleykum xurmatli do'stlarim va oliyjanob.blogspot.ru saytini mutolachilari 

       Barchangizni e'tiboringizga ushbu blogni va bir biridan qiziq, mazmunli bitiklarni, qiziqarli voqeliklarni yetkazib berishni o'z zimmamizga olib, faoliyat yuritishni boshladik. O'ylaymanki, bizning do'stligimmiz, yaqinligimmiz, ma'naviy xamkorligimmiz uzoqga cho'ziladi degan umiddaman. 
                                                  Xurmat bilan Daler Rivatov